RASMIY: «Hisorak» suv omboriga şikast yetmagan — FVV bayonoti
❗️RASMIY: “Hisorak” suv omboriga şikast yetmagan — FVV bayonoti
Bugun, 10-iyun kuni Qaşqadaryo viloyati Şahrisabz tumanida joylaşgan “Hisorak GES” UK boşqarmasiga qaraşli “Hisorak” suv ombori töğonining çap tarafidan qöşimça tunnel oçiş maqsadida olib borilayotgan muhandislik texnik tadbirlari vaqtida suv sizib çiqişi holati kuzatilgan.
Avariya oqibatini bartaraf etiş maqsadida “Özbekgidroenergo” AJ boşqaruvi raisi rahbarligida viloyat hokimi, FVB, IIB boşliqlari va boşqa mutasaddi taşkilotlardan iborat tezkor ştab tuzilib, maxsus texnikalar yordamida barça zarur muhandislik tadbirlari olib borilmoqda.
Holat Favqulodda vaziyatlar vazirligi nazoratida. Suv omboriga şikast yetmagan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bölganlar yöq.
Hurmatli fuqarolar, ortiqça xavotirga örin yöq. Vaziyat töliq nazoratga olingan.
👉 @xushnudbek 👈

