Muhim

Respublika maxsus komissiyasi koronavirus munosabati bilan xalqqa murojaat yölladi

Matn21-mart, 2020, 22:002 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Özbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş böyiça respublika maxsus komissiyasi xalqqa murojaat bilan çiqdi.

Koronavirus munosabati bilan belgilangan karantin qoidalariga rioya etilişini taʼminlaş yuzasidan
MUROJAAT

Koronavirus tarqalişini oldini olişning eng muhim şarti karantin qoidalariga qatʼiy va istisnolarsiz rioya etişdir.

Şuning uçun, çet eldan qaytib kelayotgan vatandoşlarimiz, faoliyatida çeklovlar örnatilgan taşkilotlar va muassasalar, tadbirkorlik subyektlari va umuman mazkur çeklovlar tegişli bölgan barça-barça subyektlar, jismoniy va mansabdor şaxslar davlat tomonidan belgilangan karantin qoidalari va talablarini sözsiz bajarişlarini qatʼiy söraymiz.

Amalga oşirilayotgan keng qamrovli tuşuntiriş işlari va çoralar, jumladan murakkab şaroitda va tezkor ravişda çet eldan qaytib kelayotgan köp sonli vatandoşlarimiz uçun respublika hududlarida şaroitlar qilinganiga qaramasdan, keça Samarqand viloyatida karantinga olingan maskandan ikkita fuqaro qoçib ketgan.

Özlarining bu masʼuliyatsizlik xatti-harakati bilan mazkur fuqarolar respublikadagi boşqa fuqarolar va yaqinlari hayotini xavfga qöygan va bu bilan Özbekiston qonunlarini qöpol ravişda buzgan. Uşbu fuqarolar hozirda uşlangan va izolyatsiya qilingan. Ularga nisbatan jinoiy iş qözğatilgan.

Şu munosabat bilan yana bir marta barça aholi qatlamlarini alohida ogohlantiramiz hamda öz harakatlaringiz bilan nafaqat özingiz balki oila aʼzolaringiz va xalqimizga ziyon yetkazişingiz mumkinligini doimo esda tutişlaringizni söraymiz.

Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarşi kuraş qoidalarini buzganlik uçun Özbekiston qonunçiligida juda keskin javobgarlik çoralari közda tutilgan.

Jinoyat kodeksiga asosan şunday huquqbuzarliklarga yöl qöygan şaxslar 8 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi bilan jazolanişi mumkin.

Virus keng tarqalişining oldini oliş uçun fuqarolar jamoat joylariga iloji boriça çiqmasligi, öz harakatlanişini keskin çeklaşlari va umuman olganda jamiyatda bir-birlari orasida masofa saqlaşlari zarur.

Hurmatli fuqarolar, barça belgilangan qoida va çeklovlarga tartibli ravişda amal qilinsagina, tegişli taşkilotlar talablari qatʼiy bajarilsagina, butun dunyoda tarqalayotgan uşbu virusga qarşi birgalikdagi, hamjihatlikdagi kuraşimiz samara beradi. Barçangizni şunga çaqiramiz.

Öz navbatida, tegişli mutasaddi masʼul idoralar, huquqni muhofaza qiluvçi organlar rahbarlari va xodimlari karantin bilan boğliq talablarga rioya etilişini 24 soat taʼminlab borilişiga şaxsan javobgardirlar.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek