Rossiya Federal xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda ötkazilgan faol tadbirlar natijasida Rossiyada 7 nafar
Davlat xavfsizlik xizmati:
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda ötkazilgan faol tadbirlar natijasida Rossiyada 7 nafar va Özbekiston hududida 2 nafar xalqaro terrorçilik taşkiloti aʼzosi qölga olindi.
Mazkur şaxslar Rossiya hududida bölgan vaqtida diniy ekstremistik xalqaro terrorçilik taşkiloti faoliyatida iştirok etgan va öz saflarini turli davlatlardan kelgan mehnat muhojirlarini yollaş hisobiga kengaytiriş bilan şuğullangan.
Ular yaşirin yiğiliş taşkil etib, Telegram orqali videokonferensiya yöli bilan “umumjahon xalifaligi” deb ataluvçi doktrina asosida tizimli öqitiş va terrorçilik taşkilotiga jalb qiliş işlarini amalga oşirgan. Ularning faoliyati xorijdagi ğoyaviy maslakdoşlari tomonidan muvofiqlaştirib borilgan.
DXX tomonidan Qaşqadaryo viloyatida ötkazilgan tadbirlar natijasida aynan şu jamoatning yana 2 nafar aʼzosi qölga olindi.
Hozirda hibsga olingan şaxslarga nisbatan tergov va tergovga qadar harakatlar olib borilmoqda.



