Rossiyadagi özbekistonliklar eski namunadagi haydovçilik guvohnomasini yangisiga almaştirişi mumkin böladi
Rossiyadagi özbekistonliklar eski namunadagi haydovçilik guvohnomasini yangisiga almaştirişi mumkin böladi
Hukumat qarori bilan Özbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi konsullik muassasalarida eski namunadagi milliy haydovçilik guvohnomasini yangisiga almaştiriş tartibi böyiça vaqtinçalik nizom tasdiqlandi.
Unga köra, yangi namunadagi milliy haydovçilik guvohnomasi konsullik muassasasi orqali Içki işlar vazirligining Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi (IIV YHXBB) tomonidan rasmiylaştiriladi.
Talabgor haydovçilik guvohnomasini yangisiga almaştiriş uçun konsullik muassasasiga ariza bilan murojaat qiladi.
💵 Eski namunadagi milliy haydovçilik guvohnomasi yangisiga almaştiriş uçun:
➖ BHMning 70 foizi (189 ming söm) miqdorida tölov;
➖ 20 AQŞ dollari miqdorida konsullik yiğimi;
➖ 20 AQŞ dollari miqdorida haqiqiy xarajatlarning örnini qoplaş uçun yiğim undiriladi.
👉 @xushnudbek 👈


