Rossiyalik jurnalist Tina Kandelakiga Qozoğistonga kiriş taqiqlandi
Rossiyalik jurnalist Tina Kandelakiga Qozoğistonga kiriş taqiqlandi
Bu haqda Qozoğiston taşqi işlar vazirligining rasmiy vakili Aybek Smadiyarov maʼlum qildi.
«Balki u Qozoğistonga kelmoqçi emasdir, ammo kelsa, kiritilmaydi», – degan TIV rasmiy vakili.
Avvalroq teleboşlovçi Tina Kandelaki özining Telegram kanalida Qozoğistondagi temir yöl bekatlarining nomi rusçadan qozoqçaga özgartirilayotganidan norozi bölib post qöygan edi. Bu esa qozoğistonlik jamoat faollarining keskin noroziligiga sabab böldi, ularga Kandelakini Qozoğistonning içki işlariga aralaşayotgani yoqmadi.
Ammo keyinçalik Kandelaki bu mavzuga yana bir bor töxtalib, qozoqlarni tarixni özgartirmoqçi bölayotgan manqurtga öxşatdi. Şundan söng, Qozoğiston rasmiylari uni mamlakatga kirişi taqiqlanganini maʼlum qildi.
Eslatib ötamiz, Özbekistonni Rossiyaga qöşib oliş kerakligi haqida gapirgan Zaxar Prilepinga qarşi bizning Taşqi işlar vazirligimiz quruq bayonotdan boşqa heç qanaqa rasmiy çora körmadi.
👉 @xushnudbek 👈
