Muhim

Röyxatdan ötişda öz telefon raqamingizdan foydalaning

Matn30-iyun, 2020, 15:591 daqiqa0 koʻrish

❗️Röyxatdan ötişda öz telefon raqamingizdan foydalaning
#abituriyent

Hurmatli abituriyentlar!

❕Oliy taʼlim mussasalarining bakalavriat taʼlim yönalişlariga röyxatdan ötişda öz telefon raqamingizdan foydalanişingizni va maʼlumotlarni töğri kiritişingizni söraymiz, - deyiladi DTM xabarida.

✅ Çunki röyxatdan ötişda va maʼlumotlarni özgartirişda sizning telefon raqamingizga SMS xabar yuboriladi va siz SMS xabardagi 5 xonali raqamni dasturga kiritiş orqali maʼlumotlarni tasdiqlaysiz.

❌ Tizimga kiritilgan telefon raqamisiz maʼlumotlaringizni özgartira olmaysiz.

☎️ Davlat test markazining murojaatlar markaziga abituriyentlardan telefon raqamini özgartirib beriş böyiça murojaatlar kelib tuşmoqda.

👨🏻‍💻 Bunga abituriyentlar röyxatdan ötişda öz telefon raqamlarini kiritmaganligi sabab bölmoqda.

💁‍♂️ Abituriyentlardan buning sababi söralganda, qaysidir kompyuter xizmatlarini körsatuvçi joylar orqali yoki qaysidir tanişining yordami bilan röyxatdan ötganligini va tizimga ularning telefon raqami kiritilganligini aytişmoqda.

❕Sizlardan röyxatdan ötişda öz telefon raqamingizdan foydalanişingizni va maʼlumotlarni kiritişda eʼtiborli bölişingizni söraymiz.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Karantin çoralari birmunça kuçaytiriladi

    0 koʻrish1 daqiqa

Yana oʻqing