«Samarqand-2028» giperspektral sunʼiy yöldoşi 5-avgust kuni orbitaga uçiriladi
Video4-avgust, 2026, 08:372 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
“Samarqand-2028” giperspektral sunʼiy yöldoşi 5-avgust kuni orbitaga uçiriladi
Raqamli texnologiyalar vazirligiga köra, “Samarqand-2028” va Lampung-1 giperspektral sunʼiy yöldoşlari Xitoyning Şandun provinsiyasi qirğoqlari yaqinidagi dengiz start platformasidan uçiriladi.
“Samarqand-2028” sunʼiy yöldoşi Yerni masofaviy zondlaşga möljallangan. Taʼkidlanişiça, u olgan suratlardan havo sifatini birlamçi baholaş, qişloq xöjaligi ekinlari va örmonlarni monitoring qilişda foydalaniş mumkin.
Ayni paytda raketa start kemasi bortiga joylaştirilgan bölib, uçiriş hududi tomon yöl olgan.
👉 @xushnudbek 👈
- 5 Telegram Stars

