Samarqand viloyati hokimi köçalar obodonligini saqlaş uçun OTM pedagoglarini jalb qilişni topşirdi
❗️Samarqand viloyati hokimi köçalar obodonligini saqlaş uçun OTM pedagoglarini jalb qilişni topşirdi. Hokimga ogohlantiriş yuborildi
Viloyat hokimi Adiz Boboyev oliygohlar rektorlari bilan uçraşuvida köçalarni OTMlarga bölib beriş böyiça topşiriq berdi.
“Hamma OTMga bittadan, ikkitadan, uçtadan (kilometriga, katta-kiçikligiga qarab, sohasiga qarab) köça beramiz. Mana şu köça falon institutniki böladi. Men sizlarga u yerga daraxt ekinglar, trotuar qilinglar yoki boşqa qilinglar demayman. Sizlar öşa köçaning egasi bölasizlar.
Har kuni ertalab bitta öqituvçi bunday aylanib keladi öşa köçani. Piyoda yuradi – foydasi ham bor soğliqqa”, - dedi hokim.
Viloyat hokimligining maʼlum qilişiça, mazkur tavsiya “talabalarni jismoniy mehnatga jalb qiliş emas, balki sohaga ixtisoslaşgan OTMlar, fakultetlar va kafedralarning ilmiy salohiyatidan samarali foydalaniş, jamoatçilik nazoratini örnatişdan” iborat.
Davlat mehnat inspeksiyasi esa pedagog xodimlarni ularning kasbiy faoliyati bilan boğliq bölmagan işlarga majburiy tarzda jalb etiş taqiqlanişini eslatib, Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyevga ogohlantiriş yuborilganini bildirdi.
👉 @xushnudbek 👈
- 7 Telegram Stars



