Samarqandda Dok-1 MAKS dorisini içib vafot etgan bolalar soni 18 nafar ekani maʼlum böldi
Manba:Muhrim / Муҳрим
Samarqanddagi bolalar şifoxonasida Hindistonda çiqqan Dok-1MAKS degan dorini içib, vafot etgan bolalar soni 15 nafar emas, 18 nafar ekan (yaxşiyam ombudsman bor ekan, yöqsa, menimça, qurbonlar köproq ekani heç qaçon aytilmasdi); hammasi ham Samarqanddan emas, yon-atrof viloyatlardan bölganlari ham. Bolalar ombudsmanining aniqlaşiça, vafot etgan bolalarning bari 6 yoşdan kiçik, 15 nafari esa 3 yoşgaça bölgan bolalar (dahşat!). Qöşimça qilinişiça, “Samarqand şahar prokuraturasi har bir ölim holati böyiça suriştiruv-tergov olib bormoqda”.
Bolalar ombudsmani bu mavzuni eslatgaç, Soğliqni saqlaş vazirligi ham tilga kirdi: şu ölimlar sababli 7 kişi işdan olinibdi (kim ular, qayerda işlaydi, bu voqealarga qançalik aloqador, aybi nima – aytilmagan), töplangan barça hujjatlar huquqni muhofaza qiliş organlariga yuborilibdi. Tuşunişimça, ikki oy içida 18 bola bir doridan zaharlanib ölganiga qaramay, hali ham biror jinoyat işi qözğatilmagan.
Darvoqe, “zaharlaniş” degan joyi böyiça – SSVning maʼlum qilişiça, “olib borilgan dastlabki örganişlar dorining uşbu seriyasi tarkibida etilenglikol mavjudligini ham körsatgan. Uşbu modda zaharli”. Mana şu joyiga tuşunmadim oçiği – dorining uşbu seriyasi tarkibida şunaqa zaharli modda borligi qaçon aniqlanişi kerak edi?
Mingta qonun, hujjat, har turli sanpinlar çiqarib taşlagansizlar-ku, öşalarda yozilgan tartib-qoida böyiça “dorining uşbu seriyasi tarkibida” zaharli modda borligi qaçon aniqlanişi kerak edi? Dorini Özbekistonga olib kiriş vaqtidami? Şunday dorini içib, ahvoli yomonlaşgan birinçi bolaning ölimidan keyinmi? Beşinçi ölimdan keyinmi? 10-ölimdan keyinmi? 15-ölimdan keyinmi? Qaçon?
Dorining “uşbu seriyasi tarkibida” şunday zaharli modda borligi nega 18 bola ölguniça aniqlanmagan? Kim javob berişi kerak bunga? Şuni aniqlaşga masʼul bölgan masʼul kim? Şu masʼulning ustidagi masʼul kim? Sizlar ham odammisizlar? Qanaqa odamsizlar?
Odam degani sal-pal qörqadi. Qörqişi kerak, har holda. Bular qörqmaydi. Heç kim va heç narsadan qörqmaydi. Menimça.

