Samarqandda jamoat transporti va taksi 2030-yilgaça töliq elektr transportiga ötkaziladi
Samarqand şahrida jamoat transporti va taksi xizmatini 2030-yilgaça töliq elektr transportiga ötkaziş rejalaştirilmoqda
🏗️ Quriliş sohasida:
➖ Şaharda maxsus ekologik-şaharsozlik rejimi joriy etilib, yangi quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan obyektlar uçun “yaşil quriliş” talablari majburiy etib belgilanadi;
➖ Bunda energiya va suv tejamkor texnologiyalardan foydalaniş, çiqindilarni saralaş va qayta işlaş tizimlarini joriy etiş, resurs samaradorligini oşiriş hamda ekologik talablarga javob bermaydigan obyektlarni foydalanişga qabul qilmaslik amaliyoti yölga qöyiladi.
🚌 Transport sohasida:
➖ Samarqand şahrini ekologik toza harakatlaniş modeliga ötkaziş nazarda tutilgan. Buning uçun 50 ta katta siğimli elektrobus xarid qiliş, çorrahalarda 150 ta yangi svetofor örnatiş, 2030-yilga qadar jamoat transporti va taksi xizmatini töliq elektr transportiga ötkaziş çoralari köriladi;
➖ Şu bilan birga, “Park & Ride” tizimi joriy etilib, piyodalar harakati ustuvor bölgan yaşil turistik hududlar taşkil qilinadi, şahar markaziga şaxsiy avtotransport kirişi bosqiçma-bosqiç kamaytiriladi.
👉 @xushnudbek 👈



