«Sayidaziz medgorodok» laqabi bilan tanilgan şaxs qamoqqa olindi

Foto2-dekabr, 2023, 14:202 daqiqa0 koʻrish

“Sayidaziz medgorodok” laqabi bilan tanilgan şaxs qamoqqa olindi

Toşkent şahar IIBB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (“Tovlamaçilik”) bilan qözğatilgan jinoyat işi tergov qilinmoqda. Mazkur jinoyat işi doirasida ötkazilgan tergov-tezkor harakatlari doirasida bir qator jinoiy holatlar aniqlangan.

Jumladan, Toşkent şahrida “Sayidaziz medgorodok” laqabi bilan tanilgan 1987-yilda tuğilgan Saidaliyev Saidaziz Saidaglamoviç sport bilan şuğullangan jismonan baquvvat bölgan bir neçta şaxslarni öz atrofiga jalb qilib bir neçta jinoyatlarni sodir etgan. Xususan, qarzdorlik va boşqa muammolari bölgan şaxslarni muammolarini qonunni çetlab ötgan holda hal qilib beriş evaziga moddiy jihatdan manfaatdor böliş, tahdidlar yöli bilan pul mablağlarini noqonuniy qölga kiritiş, bezorilik va tamagirlik holatlari şular jumlasidandir.

Jinoyat işi doirasida gumon qilinuvçi S.Saidaliyev va boşqa bir neçta şaxslarga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan. Tergov davom etmoqda.

“Hurmatli fuqarolar, agar siz uşbu şaxsdan yoki guruh aʼzolaridan jabr körgan bölsangiz, Toşkent şahar IIBBning 71-206-45-66, 71-206-49-46 yoki 102 raqamiga yoxud yaqin oradagi IIOga murojaat qilişingizni söraymiz. Murojaatçining şaxsi sir saqlanişi kafolatlanadi”, — deyiladi xabarda.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek