Fikr

Saylovdagi şaffoflik haqida

Matn15-may, 2023, 14:262 daqiqa0 koʻrish
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzTurkiyada prezidentlik saylovlarida ovozlarning 97,95 foizi sanab çiqildi. Erdöğan va Qiliçdoröğli mos ravişda 49,34 va 44,99 foiz ovoz olgan.

Saylovdagi şaffoflik haqida

Turkiya saylovining menga eng yoqqan joyi, saylovoldi tarğibotlar ham emas, köppartiyaviylik ham emas, haqiqiy muxolifat ham emas, rekord darajadagi saylovda iştirok ham emas. Eng yoqqan joyi ovozlarni sanaş va sanalgan ovozlar haqidagi maʼlumotlarni eʼlon qiliş jarayoni böldi.

Birinçidan, jamoatçilik, ommaviy axborot vositalari va siyosiy partiya vakillari şu darajada faol bölişdiki, har bir saylov uçastkasidagi har bir quti oçilişi va undagi byulletenlarni sanab çiqiş jarayonining ustida turişdi. Birorta qinğirlik yoki maʼmuriy kuç bilan ovozlarni soxtalaştirişga yöl qöymaslikka maksimal kuraşişdi. Demak, şunaqa qilsa bölar ekan.

Ikkinçidan, Turkiya markaziy saylov komissiyasi ovozlar sonini onlayn eʼlon qilib bordi. Eʼlon qilganda ham barçasi oçiq, oşkora va şaffof eʼlon qilindi. MSK maʼlumotlari asosida, bir neçta (faqat bitta emas) mustaqil platformalarda kim neçta ovoz olgani, hozirgaça neçta quti oçilgani, neçta byulleten sanalganiyu, neçtasi yaroqsiz bölgani, hududlar va hatto xorijdagi davlatlar kesimida ovozlar nisbati haqida istalgan maʼlumotni oliş mumkin böldi. Masalan, şulardan bittasi: secim.aa.com.tr

Ammo hozirça bizda şu narsaga ötilmayapti. Bizdagi amaliyotga köra, faqat yakuniy natija eʼlon qilinadi xolos, yaʼni neça kişi ovoz berdi, natijalar qanaqa böldi, şu bilan tamom. Lekin hududlar kesimida haligaça birorta saylov natijasi eʼlon qilinganini körmadim. Masalan, Oltiariq yoki Boysun tumanida natija qanaqa bölgan, Qozoğistondagi özbek fuqarolari qanaqa ovoz bergan kabi savollarga javob yöq. Natijalarni onlayn eʼlon qiliş, maxsus platformalar haqda-ku gap-söz bölişi mumkin emas.

Balki 2 oydan kamroq vaqt içida qanaqadir platforma yaratişga ulgurilmas, lekin heç bölmasa kelgusi parlament saylovlarida bizda ham şunaqa oçiq va şaffof qilinsa yaxşi bölardi.

Ovozlarni sanalgan zahoti hududlar kesimida oçiq eʼlon qiliş amaliyoti turli öyinlar, natijalarni soxtalaştiriş kabi holatlarga deyarli töliq çek qöyadi. Faqat bunaqa oçiq jarayonlarda, oldindan röyxati tasdiqlangan ayrim “deputatlar” ötolmay qolişi ham mumkin, şunisi ham bor.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek