Tushuntirish

«Sayohat uçun keşbek» tizimi haqida bilasizmi?

Albom7-noyabr, 2022, 10:543 daqiqa0 koʻrish

✅ «Sayohat uçun keşbek» tizimi haqida bilasizmi? Içki sayohatda pul tejab qolişning qonuniy yöli.

❓Bu nima degani?

Siz Özbekiston böylab bir hududdan boşqasiga sayohat (safar) qilsangiz, sizning yöl, mehmonxona va madaniyat taşkilotlariga sarflagan xarajatingizning 15 foizdan 50 foizgaça bölgan qismi qaytarib beriladi. Buning uçun SoliqUz mobil ilovasidagi «Sayohat uchun keshbek» sahifasida çeklarni QR-kod orqali kiritiş kerak.

Turizm va madaniy meros vazirligining maʼlum qilişiça, sentabrdan oktabrgaça sayohat uçun keşbek platformasida 2 ming 816 ta sayohat qayd etilgan.

Sayohat xarajatlarini qaytariş har bir turistga quyidagi miqdorlarda amalga oşiriladi:

— aviaqatnov orqali borib-keliş çiptasi narxining 15 foizi, lekin 150 ming sömdan oşmagan miqdorda;
— temir yölda yoki avtobusda borib-keliş çiptasi narxining 15 foizi, lekin 80 ming sömdan oşmagan miqdorda;
— mehmonxona, dam oliş zonalari, mehmon uylari va h.k.da tunab qoliş xarajatining 15 foizi, lekin 80 ming sömdan oşmagan miqdorda;
— teatr, muzey, sirk va badiiy galereyalarga har bir taşrif çiptasi narxining 50 foizi, lekin 20 ming sömdan oşmagan miqdorda.

Men ham keça Samarqandga borib kelgandim, şuni röyxatdan ötkazib kördim. Yaxşigina keşbek qaytardi.

❗️BU MUHIM: Faqat qoidaga köra, uçala xizmatdan ham foydalansangizgina sizga keşbek beriladi. Yaʼni albatta 1 - transport (avia, temir yöl, avtobus), 2 - joylaştiriş vositalari (mehmonxonalar, dam oliş uyi va zonalari, mehmon uylari va h.k.) hamda 3 - madaniyat taşkilotlari (teatr, muzey, sirk va badiiy galereyalar) xizmatidan foydalangan bölişingiz kerak. Masalan, men ham birorta madaniyat taşkilotiga bormagandim, şu sababli keşbek berilmas ekan.

Şuni hisobga olib qöying. Misol uçun, talabalar taʼtil vaqtida viloyatga uyiga qaytgan payti, şunçaki, poyezd yoki samolyot biletini kiritib, keşbek ololmaydi. Çunki ular mehmonxonalarda turmagan böladi.

Haqiqatda sayohatga boradiganlar uçun esa bu juda foydali tizim.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek