Tayinlov
Senatning 53-yalpi majlisida Sudyalar oliy kengashi tarkibiga yangi sudyalar saylandi
Foto22-iyun, 2024, 13:151 daqiqa0 koʻrish
Senatning 53-yalpi majlisida Sudyalar oliy kengashi tarkibiga yangi sudyalar saylandi.
Prezident taqdimnomasiga asosan Kukiyev Muzaffar Zafarovich besh yillik muddatga Sudyalar oliy kengashining doimiy asosdagi aʼzosi – Sudyalar oliy kengashining sudyasi lavozimiga saylandi.
Quyidagilar esa besh yillik muddatga Sudyalar oliy kengashining jamoatchilik asosidagi aʼzosi lavozimiga saylandi:
— Azizov Xudoyqul Tojiyevich;
— Gafurov Askarjon Boyisovich;
— Xashimxonov Ahrorxon Muminovich.
Shuningdek, Qahramon Uljayev Sudyalar oliy kengashining jamoatchilik asosidagi aʼzosi lavozimidan ozod qilindi.
👉 @xushnudbek 👈

