Serbiya va Finlyandiya prezidentlari şu hafta Özbekistonga keladi
🇺🇿🇷🇸🇫🇮Serbiya va Finlyandiya prezidentlari şu hafta Özbekistonga keladi
Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov davlatimiz rahbarining joriy haftadagi iş grafigini maʼlum qildi.
Unga köra, Şavkat Mirziyoyev:
➖ Bugun joriy yilda iqtisodiyotda kutilayotgan natijalar va 2026-yilga möljallangan asosiy makroiqtisodiy körsatkiçlar yuzasidan kengaytirilgan yiğiliş ötkazadi;
➖ Kunning ikkinçi yarmida 🇺🇸AQŞ Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakili Serjio Gor boşçiligidagi delegatsiyani qabul qiladi;
➖ Şu hafta Samarqandga taşrif buyurib, ilk bor Parij şahridan taşqarida ötkazilayotgan UNESCO Boş konferensiyasining 43-sessiyasi oçilişida iştirok etadi, madaniyat, ilm-fan va taʼlim sohalaridagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş böyiça taşabbuslarni ilgari suradi hamda qator ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazadi;
➖ Bundan taşqari, joriy haftada mamlakatimizga 🇷🇸Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuçiç va 🇫🇮Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb taşrif bilan keladi. Sammitlar doirasida oliy darajadagi muzokaralar ötkaziladi.
👉 @xushnudbek 👈
- 1 Telegram Stars


