Tezkor

Sergeli tumanida portlagan omborxonada katta miqdorda kimyoviy moddalar saqlangan

Matn19-oktabr, 2023, 23:152 daqiqa0 koʻrish

⚡️Sergeli tumanida portlagan omborxonada katta miqdorda kimyoviy moddalar saqlangan. 4 kişi qamoqqa olingan

Hukumat komissiyasining Toşkent şahridagi omborxonada sodir bölgan favqulodda vaziyat yuzasidan axboroti eʼlon qilindi, deya xabar bermoqda ÖzA (@uzauz).

Favqulodda vaziyat sabablarini örganiş jarayonida yonğin boşlangan joy va portlaş öçoği metall va “sendviç” panellardan qurilgan omborda yuz berganligi aniqlangan. Yonğin va portlaş oqibatida omborning metall konstruksiyalari deformatsiyaga uçrab, qulab tuşgan.

Yonğin sodir bölgan omborxonada katta miqdorda kimyoviy moddalar, quriliş va boşqa mahsulotlar belgilangan talablarga rioya qilinmasdan aralaş holda saqlab kelingan.

Hodisa joyidan olingan namunalar asosida ötkazilgan kimyoviy tadqiqotlar natijasida poliefirlar, ksilol, uglevodorodlar, natriy gidroksid, vodorod peroksidi, etilen glikol va yuqori molekulyar karbon kislota efirlari kabi kimyoviy moddalar mavjudligi aniqlandi.

Bu moddalar omborxonada saqlanayotgan vodorod peroksidi, alkid smolasi, alkilbenzolsulfon kislotasi, latex, poliefir smolasi, kaustik soda moddalari va lak mahsulotlarining tarkibiy qismlari bölib, yonğin va portlaş xavfi yuqori hisoblanadi.

Hodisa joyi örganilganda aynan vodorod peroksidi saqlangan joy yaqinida gul qoğozlar va boşqa yonuvçi materiallar saqlangani aniqlandi. Örganiş natijasiga köra, omborxonada saqlanayotgan kimyoviy modda va materiallarning özaro taʼsirlanişi va kimyoviy öz-özidan yonişi yuzaga kelib, portlaş sodir bölgan.

Holat yuzasidan Içki işlar vazirligi Tergov departamenti tomonidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi “a” va “b” bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Jinoyat işi böyiça 4 nafar şaxsga nisbatan “qamoqqa oliş”, 1 nafariga nisbatan “garov” ehtiyot çorasi qöllanilgan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek