Şavkat Mirziyoyev 21-22-noyabr kunlari rasmiy taşrif bilan Fransiyada böladi
Şavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan joriy yilning 21-22-noyabr kunlari rasmiy taşrif bilan uşbu mamlakatda böladi.
Taşrif dasturida Parij şahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar, Fransiya Parlamentining quyi palatasi – Milliy yiğinida uçraşuv hamda uşbu mamlakatning yetakçi kompaniya va banklari rahbarlari iştirokida işbilarmonlik tadbirlarini ötkaziş közda tutilgan.
Taʼkidlaş joizki, taşrif kunlari Fransiya poytaxtidagi jahonga maşhur Luvr muzeyi va nufuzli Arab dunyosi institutida mamlakatimizning boy madaniy va tarixiy merosiga bağişlangan noyob körgazmalar oçiladi.
Bundan taşqari, şu kunlarda Parijda Fransiyaning «MEDEF» tadbirkorlar harakati kömagi bilan taşkil etilgan biznes forum bölib ötmoqda.
👉 @xushnudbek 👈

