Diplomatiya

Şavkat Mirziyoyev Ostonada Osiyoda hamkorlik va işonç çoralari böyiça kengaş sammitida nutq sözladi

Albom13-oktabr, 2022, 17:022 daqiqa0 koʻrish

Şavkat Mirziyoyev Ostona şahrida Osiyoda hamkorlik va işonç çoralari böyiça kengaşning oltinçi sammitida nutq sözladi.

Unda davlatimiz rahbari 6 ta ustuvor masalaga eʼtiborni qaratdi.

1️⃣ AFĞONISTON masalasini ikkinçi planga tuşirmaslik kerak. Muvaqqat hukumati bilan kelişiş uçun yuqori darajadagi xalqaro muzokara olib boruvçi guruhni şakllantiriş kerak.

2️⃣ YOŞLARni radikalizmdan asraş maqsadida Avlodlar muloqotini yölga qöyiş taklif etiladi. Yoş yetakçilar Forumi doirasida bunday ilk uçraşuvni 2023-yil aprel oyida Samarqandda ötkazişga tayyormiz.

3️⃣ IQTISODIYOTlarimizni global inqirozning ösib borayotgan salbiy oqibatlariga moslaştiriş lozim. Işlab çiqariş-logistika zanjirini, Markaziy Osiyoni Janubiy va Şarqiy Osiyo, şuningdek, Yaqin Şarq bilan samarali boğlovçi transport yölaklarini yaratiş hisobiga kuçaytiriş muhim.

4️⃣ INNOVATSIYALAR transferi salohiyatini yanada töliqroq işga soliş, raqamlaştirişni faol rağbatlantiriş, "bulutli" texnologiyalar, sunʼiy intellekt, "buyumlar interneti"ni rivojlantiriş maqsadga muvofiq.

5️⃣ OZIQ-OVQAT işlab çiqariş böyiça Osiyo davlatlari yetakçi hisoblansa ham, lekin paradoks şundaki, oçlikdan qiynalayotgan dunyo aholisining yarmidan köpi Osiyoda yaşamoqda. Şu sababli oziq-ovqat işlab çiqarişning barqaror tizimlarini va uni yetkazib berişning optimal zanjirini şakllantiriş kerak.

6️⃣ EKOLOGIYA va iqlim özgarişi muammolarini hal qiliş uçun saʼy-harakatlarimizni birlaştiriş hamda “Yaşil Osiyo” konseptual dasturlari doirasida doimiy ekspert maslahatlaşuvlarini yölga qöyiş taklif etiladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek