Şavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanidagi fermer xöjaliklari dalasini közdan keçirdi

Albom6-oktabr, 2022, 14:432 daqiqa0 koʻrish

Şavkat Mirziyoyev bugun Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanidagi “Arslon bobo” va “Omonboy öğli Tugal” fermer xöjaliklari dalasini közdan keçirdi.

Ikkala fermer xöjaligi ham bu yil ğalladan 80 tsentnerdan hosil olgan.

Prezidentimiz şu yerda sirdaryolik fermerlar, nuroniylar bilan suhbatlaşdi.

— Xalqimiz «mehr közda» deganidek, sizlar bilan körişib, hormanglar deb keldim, - dedi Şavkat Mirziyoyev. — Bugun aziz Sirdaryo ahliga rahmat aytiş bilan birga, erişilayotgan natijalar bardavom bölişi uçun, tumanlarning, odamlarning biri ikki bölişi uçun zarur yönalişlarni belgilagani keldik.

Mana, hozir 80 ming gektar paxta va ğalla maydonlarini aholiga berdik, hali yana beramiz. Ulardan olingan mahsulot ham xalqimizniki-ku. Bozorga mahsulot, oilalarga daromad böladi-ku, - dedi Prezident.

Prezidentimiz Sayxunobod tumanidagi “Şukronalik möjizalari” fermer xöjaligi dalasida ham böldi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek