Şavkat Mirziyoyev Yangi Özbekistonda biznesni rivojlantirişning asosiy yönalişlarini aytdi

Matn31-avgust, 2022, 20:201 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

3️⃣ Biznes

5 ta asosiy vazifalarning navbatdagisi biznes. Albatta, biznesni rivojlantirmasdan biror natijaga erişişni orzu qiliş ham imkonsiz.

Şavkat Mirziyoyev öz nutqida TADBIRKORLIK rivojlangan davlatda – sifatli taʼlim, malakali tibbiyot, farovon hayot hamda ertangi kunga işonç bölişi dunyo tajribasida allaqaçon öz isbotini topganini taʼkidladi.

“Umuman aytganda, biz qurayotgan Yangi Özbekistonda biznesni rivojlantiriş orqali qöşimça iş örinlari yaratiladi, kambağallik qisqaradi, aholi daromadlari köpayadi.

Buning uçun xususiy mulk va tadbirkorlikka xalaqit berayotgan barça tösiqlar bartaraf etiladi.

Davlat boşqaruvi isloh qilinib, iqtisodiyotda davlat iştiroki keskin kamaytiriladi.

Biz aholi va tadbirkorlarga soliq yukini yengillaştiriş, soliq tizimini soddalaştiriş böyiça islohotlarni izçil davom ettiramiz.

Bunda, heç kimga alohida imtiyozlar berilmaydi, soğlom raqobat muhiti uçun barça zarur şaroitlar yaratiladi”, - dedi davlatimiz rahbari.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek