Diplomatiya

Şavkat Mirziyoyev 2-mart kuni Boku şahrida Qöşilmaslik harakati Muloqot guruhining sammitida nutq sözladi

Albom2-mart, 2023, 16:492 daqiqa0 koʻrish

Şavkat Mirziyoyev 2-mart kuni Boku şahrida Qöşilmaslik harakati Muloqot guruhining sammitida nutq sözladi.

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev raisligida ötgan tadbirda Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Iroq Prezidenti Abdullatif Jamol Raşid, Liviya Davlati Prezident kengaşi Raisi Muhammad Yunus Al-Manfi, Bosniya va Gersegovina Prezidiumi Raisi Jelka Sviyanoviç, şuningdek, Kuba vitse-prezidenti Salvador Mesa, Gabon vitse-prezidenti Roz Raponda, Tanzaniya vitse-prezidenti Filip Mpango hamda Jazoir Boş vaziri Ayman bin Abdurahmon, BMT va bir qator xalqaro taşkilotlar vakillari iştirok etdi.

Prezidentimiz öz nutqida tabiiy ofatlar va texnogen fojialarning oqibatlarini bartaraf etiş, terrorizmning har qanday körinişiga qarşi kuraş, davom etayotgan iqtisodiy inqiroz asoratlarini yumşatiş kabi masalalarga eʼtibor qaratdi. Nutqning töliq matni bu yerda.

Özbekiston Qöşilmaslik harakati Yoşlar tarmoğining “Çeksiz imkoniyatlar sammiti”ni kelgusi yil jahon sivilizatsiyasi markazlaridan biri bölgan köhna Samarqandda taşkil etiş niyatida ekanligi taʼkidlandi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek