Şavkat Mirziyoyev bugun Qaşqadaryo viloyatiga taşrif buyuradi
Şavkat Mirziyoyev bugun Qaşqadaryo viloyatiga taşrif buyuradi.
Davlatimiz rahbarining keça Toşkent viloyatining Parkent tumaniga qilgan taşrifi haqida ayrim maʼlumolar:
➖ Dastlabki manzil “Parkentsoy” turar joy massivi böldi. Umumiy maydoni 6 gektar, unda jami 5 ming 200 xonadonli 125 ta köp qavatli turar joy quriladi;
➖ “Baytqörğon – Parkent” elektrlaştirilgan temir yöli qurilişi jadal ketmoqda. Kuniga 275 ming nafargaça yölovçi taşiş rejalaştirilayotgan qariyb 24 kilometrlik bu yöl foydalanişga topşirilgaç, Parkentdan poytaxtimizga boriş uçun katta qulaylik yaratiladi;
➖ Kumuşkon mahallasida 80 dan ortiq xonadonda mehmonxona taşkil etilgan. Ularda yiliga 172 ming nafar sayyohga xizmat körsatilmoqda;
➖ 3 gektar joyda qurilgan "Oltin bel" çöqqisidagi dam oliş maskani va yangi loyihalar bilan tanişildi. Hududda turizmni rivojlantiriş maqsadida qiymati 1 milliard 800 million dollar bölgan 52 ta loyiha amalga oşiriladi.
➖ Parkent toğlarida 🇦🇹Avstriya kompaniyasi tomonidan 1 ming 200 gektarda toğ-çanği kurorti quriş rejalaştirilgan. Uning doirasida 3, 4 va 5 yulduzli mehmonxonalar, çanği uçiş va osma dor yöli, şalelar, piknik maydoni, restoranlar, soğlomlaştiriş xizmatlari taşkil etiladi hamda kuniga 15 ming nafar sayyohni qabul qiliş imkoniga ega böladi.
👉 @xushnudbek 👈


