Diplomatiya

Şavkat Mirziyoyev Donald Trampning maxsus vakili Serjio Gorni qabul qildi

Albom23-sentabr, 2025, 11:132 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

🇺🇿🇺🇸Şavkat Mirziyoyev Donald Trampning maxsus vakili Serjio Gorni qabul qildi

Özbekiston yetakçisi va AQŞ prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakili huzurida quyidagi ikki tomonlama bitimlar almaşildi:

🔹 Transport vazirligi va "Boeing" kompaniyasi örtasida transport sohasida uzoq muddatli hamkorlik töğrisida bitim;

🔹 "Texnopark" MÇJ va "FLSmidth" kompaniyasi örtasida toğ-kon uskunalarini işlab çiqariş böyiça qöşma korxona taşkil etiş töğrisida bitim;

🔹 "Akfa group" va "Cleveland Clinic" örtasida köp tarmoqli klinika va taʼlim muassasasini taşkil etiş töğrisida bitim;

🔹 "Centrum Air" aviakompaniyasi va "Oppenheimer" investitsiya kompaniyasi örtasida özaro şeriklik va hamkorlik töğrisida bitim;

🔹 Iqtisodiyot va moliya vazirligi va "Citigroup" kompaniyasi örtasida hamkorlik töğrisida bitim;

🔹 "Özbekgidroenergo" AJ va "Cargill Financial Services International" kompaniyasi örtasida moliyaviy hamkorlik töğrisida bitim;

🔹 "Öztransgaz" AJ va "Pangea Filtration Technology" kompaniyasi örtasida hamkorlik töğrisida bitim;

🔹 Toğ-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda "Cove Capital" kompaniyasi örtasida istiqbolli maydonlarda geologiya-qidiruv işlarini olib boriş töğrisida bitim;

🔹 "Yangi Kon" MÇJ va "SLB" kompaniyasi örtasida hamkorlik töğrisida bitim;

🔹 Özbekiston Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi bilan "Biologic International" kompaniyasi örtasida sunʼiy intellekt va biotexnologiyalar sohasidagi loyihalarni moliyalaştiriş uçun jamğarmalar taşkil etiş böyiça hamkorlik töğrisida bitim.

💰 Nyu-Yorkda AQŞning yetakçi kompaniyalari bilan fuqaro aviatsiyasi, toğ-kon sanoati, moliya va innovatsiyalar, kimyo, energetika va boşqa ustuvor yönalişlarda umumiy qiymati 100 mlrd dollardan ziyod bölgan şartnomalar va istiqbolli loyihalar portfeli şakllantirildi.

👉@xushnudbek👈

  • 6 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek