Şavkat Mirziyoyev Yaponiya Boş vaziri Fumio Kişida bilan telefon orqali muloqot qildi
Şavkat Mirziyoyev yapon tomonining taşabbusi bilan Yaponiya Boş vaziri Fumio Kişida bilan telefon orqali muloqot qildi.
Davlatimiz rahbari Yaponiyaning janubi-şarqida kuçli zilzila röy bergani va sunami kutilayotganidan xavotir bildirdi.
Özbekiston Yaponiya tomonining “Markaziy Osiyo + Yaponiya” birinçi sammitini ötkaziş va Boş vazir Kişidaning joriy yil 10-11-avgust kunlariga rejalaştirilgan mamlakatimizga rasmiy taşrifi muddatlarini köçiriş töğrisidagi qarorini töliq tuşunişi taʼkidlandi.
Tayyorgarlik tadbirlarini davom ettiriş va taşrifni taşkil etişning yangi muddatlarini diplomatik kanallar orqali kelişişga ahdlaşib olindi.
ℹ️ Eslatib ötaman, avvalroq Yaponiya boş vaziri Fumio Kişida mamlakatdagi kuçli zilzilalar sabab 9−12-avgust kunlari Qozoğiston, Özbekiston va Möğulistonga rejalaştirilgan tört kunlik safarini bekor qilgan edi.
👉 @xushnudbek 👈



