Şavkat Mirziyoyev Huquqni muhofaza qiliş akademiyasining yangi binosi va faoliyati bilan tanişdi

Albom16-dekabr, 2025, 20:342 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Şavkat Mirziyoyev Huquqni muhofaza qiliş akademiyasining yangi binosi va öquv-ilmiy faoliyati bilan tanişdi.

Akademiyada oliy taʼlimning ikki bosqiçli tizimi – bakalavriat va magistratura yölga qöyilgan. 2023/24-öquv yilidan mamlakatimizda ilk marotaba “Turli tizim – yagona yondaşuv” tamoyili asosida bakalavriatning “Tergov faoliyati” va “Prokurorlik faoliyati” taʼlim yönalişlarida öquv jarayonlari taşkil etildi.

Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşişga yönaltirilgan “kiberprokuror” va “kibertergovçi”larni tayyorlaş uçun kelgusi yildan boşlab “Kiberhuquq” bakalavriat yönalişi taşkil etiladi.

Magistraturada “Tergov faoliyati”, “Prokurorlik faoliyati” şuningdek, milliy taʼlim tizimida yagona bölgan “Korrupsiyaga qarşi kuraş faoliyati”, “Inson huquqlariga oid xalqaro huquq” mutaxassisligi böyiça kadrlar tayyorlaş yölga qöyildi. 2025/2026-öquv yilidan boşlab, “Kiberxavfsizlikni huquqiy taʼminlaş” mutaxassisligi böyiça magistrlar tayyorlanadi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 3 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek