Şavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi I Xalqaro forumi iştirokçilariga murojaat yölladi

Foto7-iyul, 2026, 11:071 daqiqa0 koʻrish
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzForum 7—11-iyul kunlari Toşkent, Samarqand va Termizda ötadi. Unda 50 dan ortiq mamlakatdan 300 ga yaqin xorijiy mehmon iştirok etişi kutilmoqda.

Şavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi I Xalqaro forumi iştirokçilariga murojaat yölladi

Davlat rahbari forumda 40 dan ortiq davlatdan kelgan olimlar, xalqaro taşkilotlar vakillari, davlat va jamoat arboblari iştirok etayotganini taʼkidlab, mazkur anjuman islom sivilizatsiyasining boy ilmiy va madaniy merosiga qiziqiş ortib borayotganidan dalolat berişini qayd etdi.

“Biz ilm va maʼrifat zamonamizning eng buyuk birlaştiruvçi kuçi ekaniga, uning bunyodkorlik asosi, tinçlik va barqaror taraqqiyotning mustahkam poydevori bölib qolişiga qatʼiy işonamiz va barçangizni şu ezgu maqsad yölida hamkorlikka çaqiramiz”, deyiladi murojaatda.

Prezidentimiz bugungi murakkab davrda ilm-fan, taʼlim, madaniyat va maʼrifat tinçlik hamda barqaror taraqqiyot uçun muhim asos ekanini bildirdi. Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Şarq va Ğarb, ötmiş va kelajakni boğlovçi intellektual köprikka aylangani taʼkidlandi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek