Şavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazidagi pardozlaş va jihozlaş işlarini közdan keçirdi
Şavkat Mirziyoyev qurilişi davom etayotgan Islom sivilizatsiyasi markaziga taşrif buyurib, sönggi pardozlaş va jihozlaş işlarini közdan keçirdi.
Markazning eng asosiy qismida Qurʼoni karim zali bunyod etilmoqda. Bu yerda musulmon dunyosining maʼnaviy durdonasi – qadimiy Usmon Musʼhafi joylaştiriladi. Şuningdek, somoniylar, qoraxoniylar, xorazmşohlar, Özbekxon, temuriylar va boşqa tarixiy sulolalar davrida bitilgan muqaddas kitobimiz nusxalari va ularning eski özbek tilidagi tarjimalari qöyiladi. Jahondagi eng nodir qölyozma Qurʼonlardan namunalar ham örin oladi.
Markazda 460 örinli anjumanlar zali ham qurib bitkazildi. Bu yerda turli xalqaro uçraşuvlar anjumanlar ötkaziş uçun barça şaroit yaratilgan, eng sönggi rusumdagi texnika vositalari bilan jihozlangan.
Prezidentimiz markazga tutaş hududda barpo etilgan savdo va xizmat körsatiş inşootlari bilan ham tanişdi.
👉 @xushnudbek 👈

