Şavkat Mirziyoyev matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi
Matn26-iyun, 2026, 17:531 daqiqa0 koʻrish
“Siz, azizlarni — mamlakatimizning bosma va internet naşrlari, teleradiokanallar, axborot va media xizmatlarida, naşriyot va matbaa korxonalarida sidqidildan mehnat qilayotgan ijodiy va texnik xodimlarni, zahmatkaş jurnalistlar, muhtaram faxriylarni kasb bayramingiz bilan çin qalbimdan tabriklayman.
Men sizlarni — yuksak bilim va salohiyatga ega, vatanparvar barça jurnalistlarni özim uçun doimiy maslakdoş, jonkuyar döst deb bilişimni yana bir bor izhor etaman.
***
Men mamlakat rahbari sifatida milliy ommaviy axborot vositalarimiz davlat va jamiyat örtasida mustahkam köprik vazifasini bajariş barobarida xalqimizni umummilliy manfaatlar asosida birlaştiradigan, yurtdoşlarimiz, ayniqsa, yoşlarimizni ezgu maqsadlar sari yetaklaydigan qudratli maʼnaviy kuçga aylanişi uçun barça yordam va kömakni körsatişga doimo tayyorman”.
Şavkat Mirziyoyevning Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga yöllagan tabrigidan
👉 @xushnudbek 👈


