Şavkat Mirziyoyev Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyatiga eʼtiroz bildirdi
Ayni paytda ötayotgan yiğilişda Şavkat Mirziyoyev Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyatiga eʼtiroz bildirdi.
Oliy taʼlimda qamrov keskin oşdi, sohaga xususiy sektor kirib keldi. Lekin sifatga yetarli eʼtibor qaratilmayapti.
Masalan, talabalarning mustaqil işlaşi uçun muhit barça oliygohlarda ham birdek namunali taşkil etilmagan. Aksariyat kollej va texnikumlar ham, oliygohlar ham iş beruvçilar talabi bilan hisoblaşmaydi.
Ilm-fan va innovatsiyalarga yetti yilda 6 trillion sömdan ziyod mablağ ajratildi. Lekin ilm-fanda “xarajat – tadqiqot – mahsulot” degan formula işlamayotgani qayd etildi.
Umuman, ayrim rektorlarda taşabbus, intiliş, fidoyilik yetişmayotgani körsatib ötildi.
👉 @xushnudbek 👈



