Şavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri va kompaniyalari rahbarlari bilan uçraşdi
Şavkat Mirziyoyev bugun Saudiya Arabistoni Podşohligi investitsiyalar vaziri Xolid al-Falihni qabul qildi, şuningdek, Saudiya Arabistonining yetakçi kompaniyalari rahbarlari bilan uçraşuv ötkazdi.
Maʼlumot uçun: ikki davlat örtasidagi qöşma loyihalarning umumiy portfeli 27 milliard dollardan oşdi. Şu bilan birga, joriy yil boşidan buyon yurtimizda Saudiyaning 2 milliard dollarlik investitsiyalari özlaştirildi. Aviaqatnovlar soni haftasiga 60 martadan ortdi.
➖ Bugungi kunda "ACWA Power" kompaniyasi tomonidan mamlakatimizda 15 milliard dollarlik loyihalar, jumladan, hududlarda şamol va quyoş elektr stansiyalarini quriş, "yaşil" vodorodni rivojlantiriş loyihalari amalga oşirilmoqda.
➖ "Data Volt" kompaniyasi Toşkent şahrida zamonaviy maʼlumotlar markazini taşkil etiş loyihasini muvaffaqiyatli amalga oşirmoqda. Yangi Toşkent va Buxoroda şunday markazlar qurilişini, şuningdek, Saudiya Arabistoni kompaniyalarining raqamli taşabbuslardagi iştirokini qöllab-quvvatlaşga tayyorlik bildirildi.
➖ Toşkent va Samarqand viloyatlarida "Kelajak metallari texnoparki" taşkil etilib, yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar işlab çiqariş yölga qöyiladi.
➖ Infratuzilma sohasida "Miahona" kompaniyasi bilan Farğona va Jizzax şaharlarida oqova suvlarni tozalaş, Qoraqalpoğistonda suv taʼminoti tizimlarini rivojlantiriş va nasos stansiyalarini modernizatsiya qiliş loyihalari böyiça muvaffaqiyatli hamkorlik qilinayotgani qayd etildi.
➖ "Saudi Tabreed" kompaniyasi bilan kommunal sohani rivojlantiriş böyiça kelişuvlarga erişildi.
👉 @xushnudbek 👈
- 2 Telegram Stars


