Şavkat Mirziyoyev Toşkent davlat tibbiyot universitetida tibbiyotni raqamlaştiriş işlari bilan tanişdi

Albom10-noyabr, 2025, 18:283 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Şavkat Mirziyoyev 10-noyabr kuni Toşkent davlat tibbiyot universitetiga taşrif buyurdi va soğliqni saqlaş tizimini raqamlaştiriş, tibbiyotda xizmatlar sifatini oşiriş hamda tibbiy taʼlimni takomillaştiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlar taqdimoti bilan tanişdi.

Muhim natijalar:

➖ tez tibbiy yordam xizmatida elektron boşqaruv yölga qöyilib, çaqiriqlarga yetib boriş vaqti 25-30 daqiqadan 10-15 daqiqagaça qisqartirildi;

➖ yaqin kelajakda “Online-şifokor” xizmati joriy etilib, aholiga masofadan tibbiy maslahat beriş imkoni yaratiladi;

➖ “Elektron retsept” tizimi faoliyati yölga qöyilişi natijasida ortiqça dori yoziş holatlari 40 foizga kamaydi, dori vositalari aylanmasi şaffoflaşdi;

➖ DMED yagona elektron axborot tizimida 36 million nafardan ziyod fuqarolarning tibbiy maʼlumotlari yagona bazada jamlandi. Barça tibbiy maʼlumotlar biometrik himoya ostida saqlanib, şaxsiy maʼlumotlar xavfsizligi taʼminlanmoqda.

Taşrif çoğida universitetdagi zamonaviy taʼlim muhiti va sunʼiy intellekt yordamida faoliyat yuritayotgan öquv laboratoriyalari bilan tanişildi. Reanimatsiya, oilaviy poliklinika, şoşilinç yordam, operatsiya, pediatriya, akuşerlik va terapiya böyiça simulyatsion xonalarda talabalar amaliyot orqali bilim va könikmalarini mustahkamlamoqda.

👉 @xushnudbek 👈

  • 7 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek