Şavkat Mirziyoyev Respublika onkologiya va radiologiya markazining yangi majmuasi bilan tanişdi

Albom29-avgust, 2024, 19:562 daqiqa0 koʻrish

Şavkat Mirziyoyev Respublika onkologiya va radiologiya markazining yangi majmuasida yaratilgan şaroitlar bilan tanişdi.

5 gektardan ziyod maydonda joylaşgan yangi majmua 9 ta inşootdan iborat bölib, asosiy binolar 8 qavatli.

Jarrohlik bölimida yiliga 6 mingta yuqori texnologik amaliyotlar ötkaziş imkoniyati bor. Jumladan, juda dolzarb bölgan suyak kömigi transplantatsiyasi yölga qöyiladi. Yangi uskunalar yordamida köz, halqum va qizilöngaç qismi ösmalarini kesmasdan olib taşlaş mumkin. Qovuq ösmalari kam invaziv usulda bartaraf etiladi. Bularning samarasida bemorlar tezroq tuzalib, 3-5 kunda uyiga qaytişi mumkin.

"Noldan" qurilgan bu loyihaga 1,2 trillion söm ajratilgan.

— Eng asosiy topşiriq - raqamlaştiriş. Odamlar sarson bölmasin, navbatda turib qiynalmasin. Bu markaz faqat Toşkent uçun emas, uni hududlardagi 15 ta şifoxona bilan şunday boğlaş kerakki, bemorlar özining keliş vaqtini, doktorini oldindan bilsin. Buning uçun sunʼiy intellektni kengaytirib, inson omilini kamaytiriş kerak, - dedi Şavkat Mirziyoyev.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek