Şavkat Mirziyoyev yöllardagi ölim holatlari köpligini, tirbandlikni tanqid qildi
Şavkat Mirziyoyev yöllardagi ölim holatlari köpligini, tirbandlikni tanqid qildi
Keçagi videoselektor yiğilişida Prezident yöllarimizdagi harakat xavfsizligi bilan boğliq vaziyat ança ayançli ahvolda ekanini körsatib ötdi.
Yöl-transport hodisalari oqibatida ölim va jarohatlaniş holatlari köpligini, tegişli rahbarlar bunga loqayd bölib ötirganini jiddiy tanqid qildi.
"Yoşlar ölyapti, 4000 ta, 4200 ta odam avariyadan ölyapti. Bekordan bekor. Sen ham, transport vaziri böla turib, şunga befarq bölmasdan, Prezident qabul qilgan qarorini, svetoforlarni joy-joyiga qöyişga masʼulmisan, yöqmi? Nimaga odamlar ölişi kerak çorrahalar töğirlanmagani uçun?" - deya savol qöydi Prezident transport vaziriga.
Masʼullarning qoniqarsiz faoliyatiga deputatlarimiz befarq bölib ötirgani ham afsus bilan qayd etildi.
"Nimaga Prezident taşviş qilib, hammani “yondirişi” kerak? Nimaga sizlar (deputatlar) “yonmaysizlar”? Şunça odam ölib ketyapti, ijtimoiy tarmoqlarga qarab bölmaydi - dod-faryod odamlar ölgani uçun. Ijtimoiy tarmoq degani - xalqni ovozi degani", - dedi davlatimiz rahbari.
Umuman, transport vaziri va boşqa mutasaddilarga jamoat transportini rivojlantiriş, svetoforlar va yöl çiziqlarini örnatiş, tirbandlikning oldini oliş, poytaxt köçalari va hududlardagi yöllarni tartibga soliş böyiça qatʼiy çoralar köriş topşirildi. 2024-yil bu borada jiddiy özgarişlar yili bölişini taʼminlaş vazifasi qöyildi.
👉 @xushnudbek 👈



