Şaxmat böyiça 2026-yilgi Jahon toji uçun bahsning mukofot jamğarmasi eʼlon qilindi
♟ Şaxmat böyiça 2026-yilgi Jahon toji uçun bahsning mukofot jamğarmasi eʼlon qilindi
FIDE amaldagi jahon çempioni 🇮🇳 Gukeş D va daʼvogar, hamyurtimiz 🇺🇿 Javohir Sindorov örtasidagi jahon çempionligi uçraşuvining rasmiy reglamentini tasdiqladi.
Bahs 14 ta klassik partiyadan iborat böladi, agar qaysidir şaxmatçi 7,5 oçko töplasa, bahs muddatidan oldin yakunlanadi. Agar 14 ta partiyada hisob teng kelsa, ğolib tay-breklar orqali aniqlanadi.
Turnirning jami mukofot jamğarmasi 2,5 mln AQŞ dollari böladi, har bir ğalaba uçun 200 ming dollar beriladi.
❓Pul qanday taqsimlanadi?
Avval har bir şaxmatçiga yutgan partiyasi uçun 200 ming dollardan ajratiladi. Jamğarmada qolgan pul esa ikkala iştirokçiga teng bölib beriladi.
Masalan: bir şaxmatçi 3 ta, raqibi 2 ta partiyada ğalaba qozondi, qolgan 9 ta partiya durang böldi.
Bunda ğalabalar uçun birinçisiga 600 ming, ikkinçisiga 400 ming dollar ajratiladi. Qolgan 1,5 million dollar teng bölinadi — har biriga yana 750 ming dollardan.
Natijada:
🏆 Çempion — 1 million 350 ming dollar;
🥈 Ikkinçi örin sohibi — 1 million 150 ming dollar oladi.
Istisnolar ham bor. Quyidagi holatlarda çempionga 1,3 million, raqibiga 1,2 million dollar beriladi:
• ğolib tay-brekda aniqlansa;
• 13 ta partiya ğalaba bilan, bittasi durang bilan tugab, yakuniy hisob 7,5:6,5 bölsa;
• barça 14 ta partiya ğalaba bilan tugab, yakuniy hisob 8:6 bölsa.
Demak, odatiy tartibda mukofot miqdori şaxmatçining neçta partiyada ğalaba qozonganiga boğliq böladi.
👉 @xushnudbek 👈
- 8 Telegram Stars



