Şaxmat toji uçun kuraş: oxirgi 2 ta turdan oldin jangovor durang — 6:6
Şaxmat toji uçun kuraş: oxirgi 2 ta turdan oldin jangovor durang — 6:6
Qozoğiston poytaxti Ostona şahrida Jahon çempionligi uçun navbatdagi bahs bölib ötmoqda. Bugungi kungaça rossiyalik grossmeyster 🇷🇺 Yan Nepomnyaşiy (2795) hamda xitoylik 🇨🇳Ding Liren (2788) örtasida 12 ta partiya bölib ötdi.
Hisob — 6:6 !!!
Bugungi 12-turda oq donalarda öynagan Liren öta qiyin vaziyatdan çiqib ketdi va ğalaba qozondi (1-videoda töliq partiya). Ğalabaga köproq Nepomnyaşiyning özi qaraşib yubordi. Katta ustunlikka ega bölib turgan Yan 27-yurişdan boşlab ketma-ket qöpol xatolarga yöl qöydi. Eng qiziği, unga javoban Ding ham qöpol xatolar bilan javob qaytardi. Ikkala şaxmatçi ham ruhan juda toliqqan şekilli.
Xatolar seriyasida oxirgi nuqtani Yan Nepomnyaşiy qöydi. U 34-yurişda piyodani f5 katagiga yurib, mot vaziyatiga tuşib qoldi. Yan özining xatosini tuşundi va naq 17 daqiqa heç bir yuriş qilmasdan, siqilib, afsuslanib ötirdi. Bunaqasini oçiği ilgari heç körmagandim (2-video).
Agar bugun Yan ğalaba qozonganda edi, 2 ta partiya qolganda hisobdagi farqni 2 oçkoga yetkazib olar va istalgan bitta durang uni şaxmat tojining navbatdagi sohibiga aylantirar edi. Ammo Ding Liren yana bahsga qaytdi.
Endi esa hisob teng. Bu degani oxirgi 2 ta partiya naq yonadi!🔥
Eslatib ötamiz, Jahon çempionligi uçun bahs jami 14 ta partiyadan iborat böladi. Kim birinçi 7,5 oçko töplasa, öşa şaxmatçi Magnus Karlsenning 10 yillik hukmronligidan keyingi yangi Jahon çempioniga aylanadi. Agar 14 ta partiyada durang qayd etilsa, unda qöşimça tay-brek bahslari ötkaziladi.
👉 @xushnudbek 👈


