Şerzodxon Qudratxöja talabaning içki işlar organlariga çaqirilgani böyiça munosabat bildirdi
ÖzJOKU rektori Şerzodxon Qudratxöja 1-bosqiç talabasining içki işlar organlariga çaqirilgani böyiça munosabat bildirdi. Unda şunday deyiladi:
“Talabaga biz taʼlim beramiz, unga kasbiy mahoratga ega böliş va komillik yöllariga çiqişida Ustozlik qilamiz!
Keça maktabni bitirib kelgan öspirin bolani 4-6 yilda “proffi” qilamiz. Yaxşi bir kadr tayyorlaş uçun kööpgina professorlar, dotsentlar, amaliyotçilar maşaqqatli mehnat qiladilar. Demak-ki uni koyişga, ustozlardek nasihat qilişga xaqqimiz bor.
Ammo neçun talabaning professsional faoliyati uçun bizdan ötib, bizdan degani - kafedra, dekanat, tyutorlar, rektoratdan söramay içki işlar idorasi, yo boşqa idoralarga “profilaktik suhbat” uçun talabamizni çaqirişadi? Nima uçun buni videoga olib rolik qilib ijtimoyi tarmoqlarda tarqatişadi?
Nimaga “uzr” söraşga majburlaşadi, yuzini hammaga körsatib?
Eski zamonlar endi qaytmasligini bilişsin öşalar. Yo eplasalar, kelib dars berişsin.
Ertaga bu masala bilan şaxsan özim şuğullanaman, qisqa muddatli işda bölmaganim afsus pand berdi. Talabalarimizni xafa qildirmaymiz, özimiz taʼlimu-tarbiya berişga qodirmiz, özimiz yaxşi iş bilan taʼminlaymiz!
“Çumçuq söysayam qassob söysin” bekorga deyişmagin oqillarimiz”, - deydi Şerzodxon Qudratxöja.
👉 @xushnudbek 👈


