Muhim

Şörçi hokimiga hayfsan berildi, tumani hokimi örinbosari va xalq taʼlimi bölimi boşliği işdan olindi

Matn2-noyabr, 2022, 13:531 daqiqa0 koʻrish

❗️Şörçi hokimiga hayfsan berildi, tumani hokimi örinbosari va xalq taʼlimi bölimi boşliği işdan olindi

1-noyabr kuni Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzakov raisligida xalq taʼlimi tizimidagi mavjud muammolarga bağişlangan videoselektor yiğilişi bölib ötdi. Bu haqda ÖzA muxbiri xabar bermoqda.

Jumladan, Surxondaryo viloyati Şörçi tumanida oddiy maktabni ixtisoslaştirilgan maktabga aylantiriş çoğida masʼullar tomonidan yöl qöyilgan özboşimçalik va öz işiga sovuqqonlik jiddiy tanqid qilindi.

Işlar töğri taşkil qilinmaganligi sababli öquvçilar 5-6 kilometr naridagi maktabga qatnaşga majbur bölişgan. Bu esa ota-onalarning haqli eʼtirozlariga sabab bölgan.

Bu örtada maktabning sobiq direktori taşabbusi bilan aholining uyida bolalarga dars ötiş boşlangan.

«Bu nima degan gap?! Inson qadri şumi? Toşkentda, yozda salqin, qişda issiq kabinetlarda ötirgan amaldorlar bolalari qişloqning loy yöllarida har kuni 10 kilometrlab yurişiga, aholi uylarida öqişiga rozi bölişarmidi? Yana uylarda taʼlim berayotgan öqituvçilarga maoş ham berilmayapti ekan. Öqituvçining nima aybi bor bu yerda?!», – deya eʼtiroz bildirdi Sardor Umurzakov.

Mazkur voqea ortidan Şörçi tumani hokimi Baxtiyor Xudoyberganovga esa hayfsan berildi, öquvçilarni aholi uylarida öqitişga boş qöşgan tuman hokimi örinbosari va xalq taʼlimi bölimi mudiri lavozimidan ozod etildi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek