Sönggi 15 yildagi abituriyentlar soni dinamikasi (2011-2025-yillar)

Foto26-iyun, 2025, 12:062 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Sönggi 15 yildagi abituriyentlar soni dinamikasi (2011-2025-yillar)
#abituriyent

2011-yilda Özbekistonda 418 ming abituriyent hujjat topşirgan bölsa, bu körsatkiç 2020-yilda rekord darajadagi — 1,48 million nafarga yetgan. Bu bir qaraşda oliy taʼlimga bölgan talabning keskin oşganini körsatadi. Şuningdek, 2020-yilda karantin qoidalari sababli ilk marta töliq onlayn hujjat qabul qiliş boşlangan, yaʼni qabul jarayonlari soddalaştirilgani, yurtimizning istalgan hududidan turib, ortiqça byurokratiyasiz 5 daqiqada onlayn hujjat topşiradigan tizimga ötilgani ham sabab bölgandi.

Sönggi yillarda esa bu son tabiiy ravişda pasaya boşladi. 2025-yilda test sinoviga 732 ming abituriyent röyxatdan ötgan — bu 2020-yildagi çöqqidan deyarli ikki barobar kam.

Bunga bir qança omillar taʼsir ötkazmoqda:

— eng avvalo oliy maʼlumoti mavjud bölmasdan uzoq yillardan buyon mehnat qilayotgan xodimlarning deyarli barçasi ötgan yillar mobaynida sirtqi taʼlimga öqişga kirişdi;
— xususiy oliygohlar ham davlat OTMlariga bölgan yuklamaning katta qismini öziga olişni boşladi;
— professional taʼlim tizimi rivojlanmoqda, texnikum va kollejlarda kasb-hunar örganişni tanlayotgan yoşlarimiz soni ham oşib bormoqda;
— kasb-hunar örgatuvçi zamonaviy öquv markazlari soni köpaydi, bu ham oliy taʼlimga bölgan ehtiyojni birmunça pasaytirdi;
— va yana bir qança katta-kiçik omillar abituriyentlar soni kamayişiga taʼsir ötkazmoqda.

❗️Özi umuman bugungi yoşlar va ota-onalarning oliy taʼlimga bölgan qaraşi sekin-asta özgarmoqda, avvalgidek öqişga kira olmaslik yoki oliy maʼlumoti bölmaslik katta şarmandalik sifatida qaralmay qöydi, odamlar orasida bir varaq diplomga bölgan haddan taşqari muhabbat kamaymoqda, yaxşi yaşaş uçun quruq oliy maʼlumotning özi kamlik qilişi haqida hayotiy misollar köpaydi. Yaxşi tadqiqot qilsa böladigan mavzu bu.

2011-2025-yillardagi abituriyentlar soni:

2011-yil — 418 ming 598 nafar;
2012-yil — 432 ming 017 nafar;
2013-yil — 480 ming 407 nafar;
2014-yil — 543 ming 155 nafar;
2015-yil — 605 ming 836 nafar;
2016-yil — 663 ming 304 nafar;
2017-yil — 729 ming 950 nafar;
2018-yil — 675 ming 049 nafar;
2019-yil — 1 mln 66 ming 925 nafar;
2020-yil — 1 mln 484 ming 85 nafar;
2021-yil — 948 ming 211 nafar;
2022-yil — 1 mln 214 ming 232 nafar;
2023-yil — 1 mln 18 ming 7 nafar;
2024-yil — 894 ming 279 nafar;
2025-yil — 732 ming 411 nafar.

👉 @xushnudbek 👈

  • 20 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek