Söx tumanida ötkazilgan test sinovi natijalari 1 kunda çiqmayapti
Söx tumanida ötkazilgan test sinovi natijalari 1 kunda çiqmayapti
Maʼlumki, abituriyentlarning test sinovida töplagan ballari test sinovi ötkazilgan kunning ertasiga eʼlon qilinadi.
✅ Lekin Davlat qabul komissiyasining 2-son bayonida Farğona viloyatining Söx tumanida ötkazilgan test sinovi natijalarini bir kunda eʼlon qilmaslikka istisno tariqasida ruxsat berilgan. Çunki:
🔹 Söx tumani Özbekistonning anklav hududi hisoblanadi;
🔹 u yerda ötkazilgan test sinovi materiallarini Qirğiziston Respublikasi hududidan olib ötiş lozim;
🔹 test materiallarini har kuni Toşkent şahriga yetkaziş imkoni mavjud emas.
📌 Şu sababli Söx tumanida iştirok etgan abituriyentlarning test natijalari 1 kunda eʼlon qilinmayapti.
📣 Hozirga qadar Söx tumanida 8-9-avgust kunlari va 10-avgust kuni 1-smenada ötkazilgan test sinovi natijalari eʼlon qilingan bölib, keyingi kunlarning natijalari test materiallari Davlat test markaziga yetib kelişi bilan eʼlon qilinadi.
❇️ Qöşimça maʼlumot: bugun (12-avgust) 1-smenada Söx tumanida test sinovlari töliq yakunlandi.
👉 @xushnudbek 👈


