Muhim

Sport musobaqalari iştirokçi va taşkilotçilarini pora evaziga oğdirganlik uçun javobgarlik belgilandi

Matn5-noyabr, 2024, 19:171 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Sport musobaqalari iştirokçi va taşkilotçilarini pora evaziga oğdirganlik uçun javobgarlik belgilandi

Bu böyiça qonun prezident tomonidan imzolandi. Unga köra, Jinoyat kodeksi 214-1 va 214-2-moddalar bilan töldirildi.

Jumladan, sport musobaqalari natijalarini yoki uning borişini qasddan özgartiriş maqsadida sportçini, trenerni, hakamni yoxud musobaqaning boşqa iştirokçi hamda taşkilotçilarini pora evaziga oğdirib olganlik uçun quyidagiça javobgarlik belgilandi:

➖ bazaviy hisoblaş miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigaça jarima;
➖ 3 yilgaça muayyan huquqdan mahrum qiliş;
➖ 1 yildan 3 yilgaça ozodlikdan çeklaş;
➖ 1 yildan 3 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş.

Öz navbatida qonunga xilof ravişda moddiy qimmatliklar olgan sportçi, trener, hakam yoxud musobaqaning boşqa iştirokçi hamda taşkilotçilarining öziga ham xuddi şunday jazo çorasi qöllanadi.

Ikkala moddada ham oğirlaştiruvçi holatlar (takroran, köp miqdorda, tamagirlik evaziga va hk) mavjud.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek