SSV: Ijtimoiy tarmoqlarda bolalarning metapnevmovirusga çalingani haqidagi xabarlar mutlaqo asossiz
SSV: Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlardagi bolalarning metapnevmovirusga çalingani xususidagi maʼlumotlar mutlaqo asossiz
Yangi yil arafasida Respublika ixtisoslaştirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining jami beşta bölimida — Çaqaloqlarni parvariş qiliş, Çaqaloqlar patologiyasi va reanimatsiyasi, Gepatologiya, Nefrologiya hamda Umumiy pediatriya bölimlarida profilaktik yuviş-tozalaş va zararsizlantiriş işlari amalga oşirilgan.
Mazkur bölimlarning barçasi bugun, 6-yanvar kunidan qayta oçildi va bu holat tabiiy ravişda bemorlar oqimi nisbatan ortişiga sabab böldi.
Qolaversa, markaz ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarda qayd etilgan yuqumli kasalliklarga çalingan bemorlarni qabul qiliş va davolaşga ixtisoslaştirilmagan.
Eslatib ötamiz, ijtimoiy tarmoqlarda Respublika pediatriya markazi bemor bolalar bilan tölgani, ularning bir qismi yangi virusga çalingani haqida xabarlar tarqalgan edi.
👉 @xushnudbek 👈
- 28 Telegram Stars

