Surxondaryo viloyati Uzun tumanida ötkazilgan tezkor tadbirda 2005 va 2006 yillarda tuğilgan 2 nafar fuqaro
Davlat xavfsizlik xizmati:
➖ Surxondaryo viloyati Uzun tumanida ötkazilgan tezkor tadbirda 2005 va 2006 yillarda tuğilgan 2 nafar fuqaro 20 kg 374 gr “opiy” va 41 kg 668 gr “gaşiş” giyohvandlik vositalarini Tojikistondan kontrabanda yöli bilan olib kelgan vaqtlarida uşlandi.
Tezkor tadbir davom ettirilib, ularning jinoiy şerigi bölgan şaxs hamda giyohvandlik vositalarining buyurtmaçisi hisoblangan fuqaro ham uşlandi.
***
➖Toşkent viloyatida ötkazilgan tezkor tadbirda Qozoğistondan kirib kelgan şaxsga tegişli yuklar orasida marmar quyma toş içiga yaşirilgan 7 kg 902 gr “Mefedron” sintetik giyohvandlik vositasi borligi maʼlum böldi.
Tezkor tadbir davom ettirilib, Bekobod tumanida yaşovçi fuqaro Örta Çirçiq tumanida uşbu giyohvandlik vositalarini qabul qilib olgan vaqtida uşlandi.
***
➖ Farğona viloyati Qöqon şahrida yaşovçi ayol va uning muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan boğliq jinoyati uçun sudlangan öğli qölga olinib, ulardan Afğonistondan kontrabanda yöli bilan keltirilgan 5 kg 878 gr “opiy” va 3 kg 922 gr “gaşiş” moddalari aşyoviy dalil sifatida olindi.
Ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida xorijdan olib kelingan jami 79 kg 744 gr giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga çek qöyildi.
Hozirda mazkur şaxslarning barçasiga nisbatan Jinoyat kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


