«Suvçilar maktabi» ijtimoiy loyihasining 2-bosqiçi 6 yil davom etadi
“Suvçilar maktabi” ijtimoiy loyihasining 2-bosqiçi 6 yil davom etadi
Suv xöjaligi vazirligi, Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti milliy tadqiqot universiteti hamda Agrobank hamkorligida taşkil etilgan “Suvçilar maktabi”ning 2-bosqiçi allaqaçon boşlangan.
Ilk bosqiç davomida suvdan foydalaniş madaniyatini oşiriş, suv tejovçi texnologiyalarni joriy qiliş bilan boğliq könikmalar berilgan edi. Navbatdagi bosqiçda esa aniq amaliy tadbirlarga eʼtibor qaratiladi.
Öz örnida, maktabni oçişdan “suv tekin” tuşunçasiga barham beriş maqsadi ham közlanganligi ahamiyatli. Maʼlum bölişiça, 2024–2030-yillarga möljallangan uşbu bosqiçda 60 ming nafar xodimning sohadagi malakasini oşiriş közda tutilyapti.
Start olgan bosqiçdagi öquv maşğulotlari Özbekistonning 13 ta hududida oçilgan maxsus maktablarda bölib ötadi.
👉 @xushnudbek 👈

