Tadbirkorlar uçun jarima 2% etib belgilandi (avval 100% edi)
❗️Tadbirkorlar uçun jarima 2% etib belgilandi (avval 100% edi)
Soliq kodeksining 227-1-moddasiga asosan moliyaviy jarimalar qöllanilgan umumiy ovqatlaniş va savdo sohasidagi tadbirkorlar bilan uçraşuv bölib ötdi.
Savdo-sanoat palatasi raisi va Soliq qömitasi raisi örinbosari tomonidan prezident farmoniga muvofiq qabul qilingan özgartirişlar yuzasidan tuşuntirişlar berildi. Unga köra, köplab eʼtirozlarga sabab bölgan 227-1-modda böyiça qöllanadigan 100 foiz jarima bekor qilinib, 2 foizga tuşirildi. Prezident bu böyiça farmonni imzoladi.
Uçraşuvda tadbirkorlar tomonidan hisobotni kamayitiş va maksimal darajada soddalaştiriş taklifi maʼqullandi. Şuningdek, kafe va restoranlar şaffof tarzda faoliyat olib borişi kerakligi ilgari surilmoqda: xodimlarga “konvert”da oylik tölamaslik, mahsulotlarni naqd pulga sotib olinişi sababli soliqqa tortişni optimallaştiriş.
Endi undirilgan pullar qaytariladimi?
Farmon bilan Soliq qömitasi bir oy muddatda 2023-yil 1-sentyabrdan mazkur farmon kuçga kirgunga qadar bölgan davrda undirilgan jarima summalarini 98 foizi kelgusi tölovlar hisobiga belgilangan tartibda tegişli tadbirkorlik subektlariga qaytarilişini taʼminlaydi. Bu degani bir oyda undirilgan jarimalar qaytarilişi kerak.
Bu qanday modda edi?
2023-yil mart oyida Soliq kodeksiga özgartirişlar kiritilib, 227-1-moddasi qöşilgan edi. Unga köra, tadbirkor markirovka qoidalarini buzsa, maxsus hisoblaş dasturlarini soliq organi bazasiga integratsiya qilmasa, bir çorakdagi (3 oy) sof tuşum miqdorida jarimaga tortiladi. Bu jarimaning yuqoriligi tadbirkorlarning eʼtirozlariga sabab bölib kelgan.
👉 @xushnudbek 👈

