TAKLIF: har qanday yangi normativ-huquqiy hujjat u rasman eʼlon qilingandan keyingina kuçga kiradi
TAKLIF: har qanday yangi normativ-huquqiy hujjat u rasman eʼlon qilingandan keyingina kuçga kiradi. Yaʼni imzolangan, ammo heç qayerda eʼlon qilinmagan qonun yoki qarordagi biror talabni bajarmagani uçun insonlar javobgar bölişi mumkin emas, sababi ular bunaqa hujjat qabul qilinganini bilmagan edi, deb baholanadi.
Jumladan, “Normativ-huquqiy hujjatlar töğrisida”gi qonunning 38-moddasida quyidagi qoidalar belgilangan:
“Normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy naşrlarda eʼlon qilinişi kerak. Heç kim rasmiy eʼlon qilinmagan qonun asosida hukm qilinişi, jazoga tortilişi, mol-mulkidan yoki biron-bir huquqidan mahrum qilinişi mumkin emas.
Normativ-huquqiy hujjatlarning eʼlon qilinişi ular qöllanilişining majburiy şartidir”.
Xorijiy til sertifikatlarini tasdiqlaşga oid vazir buyruği garçi normativ-huquqiy hujjat sifatida röyxatga olinmagan bölsa-da (aslida bu hujjat ham umummajburiy tusdagi qoidalarni özgartiruvçi mazmunga ega, şu sababli NHH deb qabul qiliş mumkin edi), lekin umumiy mantiqdan kelib çiqilsa, toki uşbu buyruq eʼlon qilinmagunga qadar abituriyentlar bunaqa özgariş bölganidan bexabar edi.
Mazkur buyruq Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanalida 31-mart kuni soat 18:18 da eʼlon qilindi.
Şu sababli qonunçilik talabi böyiça, 31-martga qadar (şu kuni ham) olingan Linguaskill, AIL va Aydin TÖMER sertifikatlari ham magistratura va doktoranturaga kiriş uçun qabul qilinişi kerak. Şunda ijtimoiy adolatdan bölar edi.
Vazirlik masʼullari va huquqşunoslari uşbu masalani örganib çiqib, tegişli xulosa berişadi, degan umiddaman.
👉 @xushnudbek 👈

