Tushuntirish

Talaba farzandli bölsa, OTMdan suyunçi puli oladimi?

Matn29-yanvar, 2024, 17:012 daqiqa0 koʻrish

❓Talaba farzandli bölsa, OTMdan suyunçi puli oladimi?

❌ Qisqa javob: yöq, bu notöğri xabar. Suyunçi puli oliş uçun heç qayerga murojaat qiliş şartmas, avtomat ravişda ota-onadan biring plastik kartasiga tuşadi.

❎ Batafsil javob: Telegramda şu xabar rosa aylandi. Bu notöğri xabar bölgani uçun, izoh berib ötmoqçiman.

Qonunçilikka köra, istalgan oilada farzand tuğilganda bir martalik nafaqa puli beriladi. Bu xalq tilida “suyunçi puli” deyiladi.

Uşbu “suyunçi puli” ota-ona nima iş qilişidan qatʼi nazar barça fuqarolarga beriladi, xoh davlat işida, xoh xususiy sektorda işlasin, xoh işsiz bölsin, xoh talaba bölsin, farqi yöq. Hamma oladi.

Maʼlumot uçun: “suyunçi puli” summasi — mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorining 70,3 foizi deb belgilangan. Yaʼni hozirgi kunda 738 ming 150 sömni taşkil etadi.

Bir neça yillar oldin uşbu “suyunçi puli”ni işlayotganlar iş joyidan, öqiyotganlar öqiş joyidan, işsizlar esa Pensiya jamğarmasidan olar edi.

Ammo bu tizim özgarib ketganiga 4 yil böldi.

Bugungi kunda bola tuğilganda “suyunçi puli” oliş uçun heç qayoqqa murojaat qiliş şart emas. Kimgadir ariza beriş ham, qayoqqadir borib uçraşiş ham şart emas. Barçasi avtomatlaşgan.

Bola tuğilganda avtomatlaşgan tizimning özi JŞŞIR raqam beradi, tuğilganlik guvohnomasini rasmiylaştiriş uçun ariza yuboradi, boğçaga navbatga qöyadi, poliklinikaga röyxatga kiritadi. Xuddi şunday “suyunçi puli” ham ota-onadan birining plastik kartasiga avtomat tuşadi. Yana qaytaraman, buning uçun heç qayoqqa boriş yoki ariza beriş şart emas.

Şu tizimni yaratişda boş-qoş bölganlarga katta rahmat, baraka topişsin.

❗️Xulosa: bola tuğilganda rektor nomiga ariza bersak, pul olarkanmiz, degan xabarlar eski. Hozir bunaqa tizim yöq.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek