Muhim

Talabalar ijara tölovining bir qismini qaytariş uçun my.gov.uz orqali ariza berişi mumkin böladi

Matn4-oktabr, 2025, 21:401 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Talabalar ijara tölovining bir qismini qaytariş uçun my.gov.uz orqali ariza berişi mumkin böladi

1-noyabrdan boşlab talabalar uçun ijara tölovining bir qismini my.gov.uz portali orqali (hozirda kontrakt.edu.uz orqali amalga oşiriladi) qaytariş imkoniyati yaratiladi.

Şuningdek:

🗓 2025-yil 1-noyabrdan: transportga gaz balloni örnatilganligiga oid maʼlumotlarni elektron şaklda yuritiş orqali transport vositasini röyxatdan ötkaziş guvohnomasini qayta rasmiylaştiriş tartibi bekor qilinadi.

🗓 2026-yil 1-yanvardan: örta maxsus, kasbiy va oliy taʼlim taşkilotlarida taʼlim jarayoni bilan boğliq davlat xizmatlari Yagona portal orqali körsatiladi.

🗓 2026-yil 1-maydan: nogironlikni belgilaş böyiça davlat xizmatini körsatişda fuqarolarga tibbiyot muassasalariga imtiyozli davolaniş uçun beriladigan yöllanmani şakllantiriş va elektron navbatga qöyiş kompozit şaklda amalga oşiriladi.

🗓 2026-yil yakunigaça: tibbiy körik jarayonida şifokor nutqini avtomatik bayonlaştiruvçi ovozli yordamçi hamda bemorlarga taşxis qöyişda kömaklaşuvçi sunʼiy intellektga asoslangan “Şifokorning raqamli yordamçisi” dasturi işga tuşiriladi.

👉@xushnudbek👈

  • 2 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek