Fikr

Talabalarga ijara puli tölaş tartibidagi tuşunarsiz holatlar va çeklovlar

Matn27-sentabr, 2021, 11:491 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzIjara tölovining 50 foizi faqat kunduzgi taʼlim talabalariga, Toşkentda 270 ming sömgaça, viloyatlarda 135 ming sömgaça qoplab beriladi.

Tuşunmagan joylarim:

➖ talaba ijara pulining bir qismni oliş uçun har oy qaytadan ariza berişi kerakmi?

➖ şu ariza beriş tizimini elektronlaştiriş imkoni yöqmi? Şunça qoğozbozlik nimaga kerak? Yoki kelgusida elektron böladimi?

➖bu tartib nega faqat kunduzgilar uçun? Bu sirtqi va keçki taʼlimdagilarning ayrim huquqlardan mosuvo qilinişi böyiça birinçi holati emas. Masalan:

1️⃣ vaksina olsa kontraktga 10% çegirma beriş tartibi ham faqat kunduzgi taʼlimdagilar uçun. Uşbu çegirmadan sirtqi va keçki taʼlim foydalana olmaydi;

2️⃣ taʼlim krediti ham faqat kunduzgi taʼlimga beriladi, sirtqi va keçkiga berilmaydi;

3️⃣ kontrakt tölovini oşirmaslik ham faqat kunduzgi taʼlim uçun amal qildi, sirtqi va keçkining kontraktlari ança qimmatladi.

Sirtqi va keçki taʼlimdagilarda birgina savol tuğilayotgan bölsa kerak: “nima biz yetimmizmi?”

Özi şu ijara tölovi masalasida bir ovozli çat qilsak bölarkan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek