Taʼlim yetimmi? Bizda madaniyat va sanʼatni ilm-fan va taʼlimdan ustun körişlariga misol
Taʼlim yetimmi? Bizda madaniyat va sanʼatni ilm-fan va taʼlimdan ustun körişlariga misol
Bugun ertalab Metsenat.uz loyihasi haqida eslagandim. Mavzu oçilganda dardimni ham aytib olmoqçiman.
Xullas, biz 2020-yildan buyon metsenatlarni jalb qiliş orqali talabalar uçun taʼlim granti va stipendiyalar beriş bilan şuğullanamiz. Bugungaça MetsenatUz loyihasi orqali 7 mlrd sömdan oşiq miqdorda grant va stipendiyalar eʼlon qilindi. Biz bu işlarimizni yana davom ettiramiz, Xudo xohlasa.
Uşbu faoliyatimiz davomida köp bora qonunçilik bilan boğliq muammoga duç kelamiz, hozir şu haqda aytmoqçiman.
❓Muammo nimada (qisqaça)?
Özbekistonda metsenatlik faoliyatiga soliq imtiyozi bor. Metsenatlik uçun sarflangan summalar soliq bazasidan çegirib taşlanadi va soliq solinmaydi. Ammo bu imtiyoz FAQAT madaniyat va sanʼat uçun taalluqli, lekin ilm-fan va taʼlim uçun bunday soliq imtiyozi yöq🤦♂️
❓Muammo nimada (batafsil)?
Özbekistonda 2019-yilda “Metsenatlik töğrisida” qonun qabul qilingan. Qonunning 4-moddasida metsenatlik faoliyatiga quyidagiça taʼrif berilgan:
metsenatlik (metsenatlik faoliyati) — madaniyat va sanʼat, şuningdek ilm-fan, taʼlim, maʼrifat hamda madaniyat va sanʼatni rivojlantiriş bilan boğliq boşqa faoliyat sohasida jismoniy va yuridik şaxslar tomonidan amalga oşiriladigan homiylik faoliyati.
Aytişingiz mumkin, “mana, qonunda ilm-fan, taʼlim, maʼrifat degan atamalar ham bor-ku, nega dod-voy qilyapsan” deb.
Gap şundaki, qonunning boşqa moddalarida “ilm-fan” va “taʼlim” sözlari umuman uçramaydi, bu esa şu qonunni yozganlar, körib çiqqanlar, muhokama qilganlar qay darajada qöl uçida iş qilganini körsatadi.
Jumladan, qonunning 3-moddasida qonunning qöllaniş sohasi faqat madaniyat va sanʼatga taalluqli deyilgan:
3-modda. Uşbu Qonunning qöllaniliş sohasi
Uşbu Qonun madaniyat va sanʼatni rivojlantiriş maqsadida homiylik faoliyatini amalga oşiriş çoğida yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Yoki qonunning 4-moddasida metsenatlik kömagini oluvçi sifatida ham ilm-fan va taʼlim körsatilmagan:
metsenatlik kömagini oluvçi
— metsenatlik kömagi hisobiga madaniyat va sanʼatni saqlaş hamda rivojlantiriş bilan boğliq faoliyatni amalga oşiruvçi jismoniy yoki yuridik şaxs.
Qonunning 5-moddasida metsenatlik faoliyatini amalga oşiriş maqsadlari sanalgan hamda bu yerda ham faqat madaniyat va sanʼat tilga olingan, ilm-fan va taʼlim haqida bir oğiz ham gap yöq.
Soliq kodeksining 243-moddasi 26-bandi, 317-moddasi 7-bandi hamda 378-moddasi 16-bandida jismoniy va yuridik şaxslarga metsenatlik faoliyati uçun soliq imtiyozlari nazarda tutilgan.
Ammo “Metsenatlik töğrisida”gi qonun çala yozilgani, yoki ataylab, yoki bilmasdan, ilm-fan va taʼlim qonunning kerakli moddalaridan tuşib qolgani sababli ayni şu sohalardagi metsenatlik faoliyatiga soliq imtiyozi qöllanmayapti.
✅ Xulosa
Boşqaça aytganda, siz madaniyat yoki sanʼatni qöllab-quvvatlasangiz, davlat sizga soliqdan imtiyoz beradi-yu, lekin ilm-fan va taʼlimga homiylik qilsangiz, heç narsa bermaydi.
Xullas, şunaqa muammo mavjud va buni töğrilab, qonunga özgariş kiritiş kerak.
‼️Doim yodda tutiş kerak, ilm-fan va taʼlimni “unutib” qöygan jamiyat uzoqqa bormaydi.
👉 @xushnudbek 👈



