Taʼlim yönalişlarini tanlaş boşlandi

Video27-iyul, 2024, 11:553 daqiqa0 koʻrish

Taʼlim yönalişlarini tanlaş boşlandi
#abituriyent

Oliy va professional taʼlim muassasalariga kiriş test sinovlarida iştirok etgan abituriyentlar 2024-yil 27-iyuldan 10-avgustga qadar 15 kun davomida oliy taʼlim muassasalari va taʼlim yönalişlarini tanlaşlari lozim.

Buning uçun my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va professional taʼlim muassasalariga qabul” bölimiga kirib, “Xizmatdan foydalaniş” tugmasi bosiladi va “OTM tanlaş” bölimiga ötiladi.

Dastlab abituriyent “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” böyiça öz tanlovini amalga oşiradi.

Şundan söng abituriyent test topşirgan fanlar majmuasi va taʼlim tiliga mos bölgan beştagaça oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yönalişini taʼlim şakli bilan birga tanlaydi.

Bunda taʼlim yönalişlarini bir oliy taʼlim muassasasi yoki turli oliy taʼlim muassasalari doirasida tanlaş mumkin.

❗️Abituriyentlar taʼlim yönalişlarini tanlaş muddati yakunlangunga qadar öz maʼlumotlarini özgartirişlari va qayd varaqasini qayta yuklab olişlari mumkin.

❓ Mandat qaçon?

Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani töğrisidagi yakuniy tanlov natijalari taʼlim yönalişlarini tanlaş töliq yakunlangandan söng bir hafta muddatda eʼlon qilinadi.

Demak, mandat 17-avgustgaça eʼlon qilinişi kerak.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek